baxtdir😁.. soat tungi 12:11, akamning oʻgʻilchasi bor ovozi bilan ijod qilyapti, akam uxlatish uchun har xil ovozlar bilan erkalatyapti.
daxlizning narigi tarafida xonalari. Oʻtgan yil shu kunlari akam ikkalamiz xonadosh edik. keyin may boshida uylanvordiyu, ogʻaynilar orasida boʻydoqlik sharafini yolgʻiz oʻzimga tayinlab ketdi.
boʻydoqlik ham bir baxt, men uchun. hech kimga tavsiya qilmaymanu, ammo mening nafsim boʻlgʻusi qalbdoshidan birdunyo itoat (oʻzimga emas, Oʻziga) talab qilib yuboradi, yana birdunyo tavakkal va nihoyat oʻta goʻzal sabrki, bular bitta qizda jam boʻlishi qiyin. biroq, noumid shayton.
ayni damda oʻzim tugʻilib oʻsgan mahallamdaman. poytaxt - yaxshi hudud, ammo qariyotganim sayin undagi ratrace va shovqin yoqmay boryapti. sakinat, kenglik, silai-rahm manbaidan uzilgim kelmaydi. hay mayli, sizlarga ham osuda tunlar nasib etaversin